Davlat soliq qo’mitasi 2018 yilning 11 oyi (yanvar-noyabr) davomida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ayrim asosiy koʻrsatkichlarning oʻsish dinamikasini keltirdi.

Unga ko’ra, faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 408,2 mingtadan 435,2 mingtaga yetdi yoki 27,0 mingtaga (106,6%) oshdi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 196,4 mingtadan 241,8 mingtaga yetdi yoki 45,4 mingtaga (123,1%) ortdi.

Byudjetga soliq tushumlari 47,9 trln. soʻmni tashkil etib, 141,8% oʻsdi:

  • savdo va xizmat koʻrsatish korxonalaridan tushumlar 5,5 trln. soʻmni;
  • qurilish sohasi korxonalaridan tushumlar 3,1 trln. soʻmni;
  • oziq-ovqat sanoati korxonalaridan tushumlar 1,6 trln. soʻmni;
  • umumiy ovqatlanish korxonalaridan tushumlar 179,6 mlrd. soʻmni;
  • boshqa korxonalardan tushumlar 4,1 trln. soʻmni tashkil qildi.