Joriy yilning mart oyida HTC Desire 12 va Desire 12+ smartfonlarini chiqargan edi. Endilikda ishlab chiqaruvchi Desire 12S modelining chiqarilishini e’lon qildi va uning xususiyatlariga qaraganda “Desire 12” ning yanada kuchli versiyasi bo’ladi. Bu haqda “Gizchina” xabar berdi.

HTC Desire 12S 1440×720 piksel o’lchamga ega 5,7 dyuymli displey, 8 yadroli Snapdragon 435 protsessori, 3 yoki 4 gigabaytlik operativ va 32 yoki 64 Gb flesh xotiraga ega.

Yagona asosiy kamera avtofokus va F / 2.2 diafragma bilan jihozlangan 13-megapikselli datchik, 13 megapikselli old kamera F / 2.4 diafragma bilan jihozlangan. Orqa panelda barmoq izlari skaneri joylashtirilgan. Bundan tashqari, NFC, LTE, Wi-Fi, Bluetooth 4.2 va GPS / GLONASS modullari mavjud. Batareya quvvati — 3075 mAh.

HTC Desire 12S 2019 yil yanvar oyida 195 $ narxida sotuvga chiqariladi.