Soliq kodeksi 2264-modda “Qo‘shilgan qiymat solig‘ining farqlangan stavkalari” bilan to’ldirildi. Bu haqda “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi Qonunda keltirilgan.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga o‘tgan soliq to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining farqlangan stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi yuridik shaxslar — 7%;
  • qurilish tashkilotlari — 8%;
  • chakana, ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdoni amalga oshiradigan savdo korxonalari — 6%;
  • umumiy ovqatlanish, mehmonxona xo’jaligi korxonalari — 10%;
  • kasbiy xizmatlar ko’rsatadigan yuridik shaxlar (auditorlik, soliq maslahati, konsalting, brokerlik xizmatlari va boshqalar) — 15%;
  • qishloq xo’jaligi mahsulotlarini realizatsiya qiladigan yuridik shaxslar (o'zining ishlab chiqarish mahsulotlari bundan mustasno) — 4%.

QQSning turli farqlangan stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan QQS to‘lovchilar ushbu faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritish hamda soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashi kerak.

Ilgari Spot Prezident QQSga bosqichma-bosqich o’tilishini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edi.