Prezident “Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.

Qarorga muvofiq,"O‘zeltexsanoat" AK negizida uning mol-mulki va davlatga tegishli boshqa vositalarni, shuningdek, debitor va kreditor qarzdorligini o‘tkazgan holda O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasini (keyingi o‘rinlarda — “O‘zeltexsanoat” uyushmasi) tashkil etiladi.

Shuningdek, “O‘zeltexsanoat” AKga tegishli xo‘jalik jamiyatlarining ko‘chmas mulki va ustav kapitalidagi aksiyalar paketi (ulushi) Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga o‘tkaziladi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi elektrotexnika sanoatida amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish “Yo‘l xaritasi"ni tasdiqlanadi:

  • amaldagi elektrotexnika korxonalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash va yangilarini tashkil etish bo‘yicha 153,8 million $ miqdoridagi 22 ta investitsiya loyihalarini 2019−2021 yillarda amalga oshirish;
  • 2021 yilga yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini 2 baravarga oshirish;
  • 2021 yilda tayyor elektrotexnika va elektr-maishiy mahsulotlarning eksport hajmini 400 million $ miqdoriga erishish;
  • loyiha qiymati 500 million $ bo‘lgan istiqbolli innovatsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb etish.