Moliya vazirligi huzurida QQS to‘lashga o‘tish, shuningdek iste’mol tovarlariga narxni shakllantirish yuzasidan kelib tushgan murojaatlarga tezkor javob qaytaruvchi Shtab ishga tushirildi.

“Qo'shilgan qiymat solig’ini to’lashga o’tish yoki tovarlarning asossiz oshganligi to’g’risidagi har qanday savol bo’lsa, o’zingizning xabarlaringizni @MoliyaPress telegram manziliga yuboring”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, yuzaga kelgan muammo va masalalarni tezda hal etish maqsadida olingan ma’lumotlar mas’ul shaxlarga taqdim etiladi.