Prezident farmoniga binoan respublika transport tizimining yagona elektron portali tashkil etiladi.

Portal blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda yaratilib, unda reyslarni (avtobus, avia va temir yo‘l) qulay tarzda bog‘lovchi yo‘l chiptalari sotiladi.

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Yagona elektron portalni, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida tashkil etsin hamda uning ishlash tartibini belgilash tartibi vazifasi yuklatildi.

2018 yil noyabr oyida O’zbekistondagi dastlabki blokcheyn “Dori vositalari, tibbiy asbob-anjomlar va tibbiy jihozlarni ekspertizadan o’tkazish va standartlashtirish davlat markazi” DUK uchun avtomatlashtirilgan ro’yxatga olish tizimiga kiritildi. Shunday qilib, ushbu obyekt har qanday ma’lumotlar manipulyatsiyasidan himoyalangan bo’ladi.

Ilgari Spot blokcheyn texnologiyasi O`zbekistonning davlat sektorlariga tadbiq etilayotgani haqida xabar bergan edi.