O’zbekistonda blokcheynning dastlabki pilot loyihasi tadbiq qilindi. Bu haqda Spot’ga Loyiha boshqaruvi milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oktyabr oyining boshida “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Rossiyaning “Blockchain Industrial Alliance” kompaniyasi hamkorlik memorandumini imzoladi va 12 noyabr kuni O’zbekistondagi blokcheynning birinchi pilotli tadbiq etilishi amalga oshirildi.

Xususan, blokcheyn “Dori vositalari, tibbiy asbob-anjomlar va tibbiy jihozlarni ekspertizadan o’tkazish va standartlashtirish davlat markazi” Davlat unitar korxonasi (DUK) uchun avtomatlashtirilgan ro’yxatga olish tizimiga kiritildi. Shunday qilib, ushbu obyekt har qanday ma’lumotlar manipulyatsiyasidan himoyalangan bo’ladi.

Barcha ma’lumotlar yig’ilib, doimo takomillashtirilgan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. Blokni ushbu ma’lumotlar bazasidan yo’q qilish yoki almashtirish mumkin emas, u cheksizdir — bitimlarning cheksiz soni qayd etilishi mumkin. Bu raqamli ishonchga asoslangan texnologiyalarning asosiy xususiyatlaridan biridir.

“Biz eng oddiy narsa bilan boshladik — blokcheynni dori ma’lumotlariga kiritish. Blokcheyn ushbu ma’lumotlar bazasidagi barcha harakatlarini oshkora qiladi, shu bilan birga farmatsevtika mahsulotlarini davlat sifatini nazorat qilish tizimiga bo’lgan ishonch darajasini oshiradi”, — deydi “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining texnologiyalar bo‘yicha investitsion direktori Bobir Oqilxonov.

DUK ning asosiy sahifasida ishda (bemor va fuqarolarni soxta farmatsevtika mahsulotlaridan himoya qilish va davlat standartlariga muvofiq sifatini kafolatlaydigan tibbiy mahsulotni qabul qilish sertifikatining raqamli ekvivalenti) tibbiy mahsulotning elektron guvohnomasi ishlatilganligi ko’rsatiladi.

Ro’yxatga olish bir nechta dori vositalariga ega. Kelajakda yetkazib beruvchilar, ishlab chiqarilgan sanalar, ishlab chiqaruvchilardan bemorga dori-darmonlar harakati to’g’risida ma’lumot beriladi.

“Blockcheyn tibbiyotda yangi imkoniyatlar ochadi. Avvalo, bu muhim ma’lumotlarning yagona ishonchli saqlashga integratsiyalashuvidir. Ma’lumotlar barcha muassasalar, shifokorlar, provayderlar, bemorlar uchun mavjud”, — deydi Blockchain Industrial Alliance bosh ijrochi direktori Aleksandr Doronin.

Shu bilan birga, reestrlar nashr etilib, blokcheyn ma’lumotlarning to’g’riligini tasdiqlashga, yetkazib beruvchilardan bemorga mahsulotlarning birliklari harakatining xronologik holatini kuzatish imkonini beradi.

“Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi davlat-xususiy sherikchilik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid istiqbolli va strategik muhim, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi va kripto-birjalar sohasidagi loyihalarni amalga oshiradi.