Mahsulotlar, xom ashyo va materiallar asosiy turlarining yiriklashtirilgan moddiy balanslarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi Prezident farmoyishi qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Farmoyishga muvofiq, 2019 yildan iqtisodiyotda davlatning ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida quyidagi tartib belgilandi:

  • moddiy balanslarni tasdiqlash tartibi quyidagilar uchun bekor qilindi:
    • yangi meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va foydalanishga davlat buyurtmasi;
    • o‘simlik yog‘i, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari, ikkilamchi alyuminiy resurslari, paxta chigiti shroti, metall molibdeni va volfram ishlab chiqarish va iste’mol qilish;
  • Prezidentning ayrim turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning moddiy balanslarini tasdiqlash vakolati Hukumatga o‘tkazildi;

  • Hukumatning quyidagi materiallarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish hamda yetkazib berish prognozini tasdiqlash vakolati Iqtisodiyot vazirligiga o‘tkazildi:

    • qora metall prokati;
    • metall ruxi;
    • sulfat kislotasi;
    • polietilen;
    • polipropilen;
    • paxta momig‘i;
    • rangli metall parchalari va chiqindilari.