Prezident “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi.
Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 apreldan quyidagilarni qamrab oluvchi respublika bo‘yicha yagona elektron axborot tizimi joriy etiladi:
- uyma-uy yurish, o‘tkazilgan suhbatlar, kelib tushgan murojaatlar natijasida aniqlangan muammolar va ularning hal etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- ijtimoiy soha va boshqa ob’ektlardagi mavjud holatlarni o‘rganish natijasida aniqlangan muammo hamda ularning hal etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- sektorlar faoliyati yuzasidan elektron statistik hisobot shakllari;
- Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush tarzi va ijtimoiy muhofazasini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritalari” va ularning ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.