The New York Times talqiniga ko‘ra O‘zbekiston 2019 yilda tashrif buyurish kerak bo‘lgan makonlar ro‘yxatiga kiritildi.

Maqolada 52 ta maskan o’rin olgan bo’lib, O’zbekiston valyuta almashtirish, chiptalarni onlayn bron qilish imkoni mavjudligi, qo‘shni mamlakatlar bilan chegara punktlarining qayta ochilgani qayd etilgan.

“Agar siz ilgari Buyuk ipak yo’li bo’ylab sayohat qilishni xohlagan bo’lsangiz, endi borish vaqti keldi. Sovet Ittifoqi parchalanganidan so’ng 25 yildan ko’proq vaqt o’tgach, eng jozibador maskanlar joylashgan O’zbekiston nihoyat o’z qayta tuzilishini boshdan kechirmoqda”, deyiladi maqolada.

Bundan tashqari, amerikaliklar va 100 nafar boshqa fuqarolarga endi besh kungacha vizasiz kirish rejimi joriy etilgani (vizalar 30 kun amal qiladi), Qozog’iston va O’zbekiston sayyohlar uchun yagona Markaziy Osiyo vizasini yaratish ustida ish olib borayotgani ta’kidlab o’tilgan.

“Toshkentda Hyatt Regency mehmonxonasiga qo’shimcha ravishda keyingi ikki yil ichida bir qator xalqaro darajadagi mehmonxonalar, jumladan, mamlakatning birinchi tog'-chang'i kurorti, Buxoro shahrining yangi sayyohlik hududi ham ochilishi kutilmoqda”, deya maqolada qayd etilgan.

Shuningdek, tashrif buyurish kerak bo’lgan makonlar ro’yxatidan, Vyetnam, Yaponiya, Kanada, Portugaliya hamda Hindiston kabi mamlakatlar shaharlari o’rin olgan.