O’zbekistonda dollar kursi o’tgan haftaga nisbatan 19 so’mga ko’tarildi va 8 356 so‘mni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Yevro esa rekord darajada ko’tarilib (83 so’m), 9 582 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 1 so’mga ko’tarilib, 124 so‘mni tashkil qildi.

So’mning AQSH valyutasiga nisbatan keskin qadrsizlanishi sentyabr oyi o’rtalarida boshlandi (dollar 176 so’mga qimmatladi). Markaziy bankda dollar kursining ko‘tarilishiga izoh berdilar. Dekabrning boshida O’zbekistonda dollar kursi 4 oy davomida birinchi bor pasaydi.

Ilgari Spot yangi tahrirdagi valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun loyihasi to’liq tayyorlangani va O‘zbekistonda bank islohoti: davlat ulushini qisqartirib, xorijiy banklar sonini ko‘paytirish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.