Lyuksemburgdagi vatandoshimiz Olga Ponkratova Navoiy kon-metallurgiya kombinati direktorining o’rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Buyuk kelajak ekspert kengashida xabar berildi.

Olga Ponkratova 1987 yilda tug‘ilgan. 2009 yil NIU Oliy iqtisodiyot maktabini (Moskva, Rossiya), 2018 yili Harvard University, Harvard Business School’ni (Boston, AQSH) tamomlagan.

IMR B.V. tog‘-kon (ferronikel, ferroxrom) xoldingi Direktorlar kengashi raisi maslahatchisi (Niderlandiya), IFG Metals & Mining’da boshqaruvchi hamkor (Lyuksemburg) kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Chet elda yashovchi vatandoshlarimizdan tashkil topgan Buyuk kelajak ekspert kengashi a’zosi. IFG Metals & Mining’da boshqaruvchi hamkor sifatida O‘zbekiston davlat organlariga xorijiy investorlarni jalb qilish va investitsion muhit masalalari bo‘yicha konsultatsiyalar bergan, Invest in Uzbekistan konsepsiyasini yaratgan.

Davlat geologiya va mineral resurslar qo’mitasi bilan birgalikda volfram klasteri konsepsiyasini ishlab chiqqan.