2019−2021 yillarda O’zbekistonda aqlli shahar texnologiyalari joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar mahkamasining qarorida keltirilgan.

Qaror bilan “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish Konsepsiyasi va 2019−2021 yillarda Konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Aqlli shahar — kompyuterlar, planshetlar va smartfonlar hamda boshqa uskunalarni, masalan, svetofor, signalizatsiya datchiklari va hokazolarni birlashtiradigan internet tarmog‘iga ulangan holda kommunikativ va axborot texnologiyalarining o‘zaro bog‘liqlikdagi tizimi.

Mazkur tizim orqali shahar ichidagi jarayonlarni boshqarish soddalashtiriladi va aholining turmush darajasi yaxshilanadi.

Konsepsiyaga ko‘ra “aqlli transport”, “aqlli ta’lim”, “aqlli tibbiyot”, “aqlli energitika tizimi”, “aqlli qurilish” “aqlli kommunal xo‘jalik”, “aqlli uy”, “aqlli hokimiyat”, “aqlli mahalla” kabi loyihalar “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etishning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

“Aqlli transport”

Aqlli transport — bu barcha transport vositalari tizimining bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi to’g’risidagi kompleks texnologik yechimlarni bildiradi.

Ushbu aloqa tizimi orqali yo’llarda vaziyatni to’liq aniqlash, shuningdek, mobil operatorlar ma’lumotlari va GPS signallaridan foydalangan holda transport oqimini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.

“Aqlli ta’lim”

Aqlli ta’lim — bu ta’lim onlayn-platformalar va ommaviy ochiq onlayn kurslar tarzidagi texnologik yechimlar to’plamini, virtual real holat bilan to’ldirilgan ilg’or vizualizatsiya va masofaviy kirish texnologiyalarini o’z ichiga olgan texnologik yechimlar to’plami hisoblanadi.

“Aqlli energitika tizimi”

Aqlli energitika tizimi — bu barqaror, iqtisodiy samarali va ishonchli energiya tizimi bo’lib, energiya ishlab chiqarish, infratuzilmasi va istye’moli xizmati ko’rsatish iste’molchilar va texnologiyalarni rag’batlantirish orqali integratsiya qilinadi va muvofiqlashtiriladi.

Ushbu tizimga o’tish iste’mol qilinayotgan elektr energiyasini tejash, uni uzatish jarayonidagi uzilishlarda yo’qotishlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

“Aqlli uy”

Aqlli uy — bu uy egasining istagi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, uydagi barcha kommunikatsiya tarmoqlarini sun’iy intellekt orqali boshqarish, dasturlashtirish va moslashtirish maqsadida birlashtirishga imkoniyat yaratadigan intellektual boshqarish tizimidir.