“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan Sardor Umurzakov Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi, deb xabar beradi tashkilot matbuot xizmat.

Xabarga ko’ra, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Tashqi savdo vazirligining qo‘shilishi orqali tashkil etilmoqda.

2018 yil 30 maydan “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimida ishlagan Umrzakov “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, undan oldin esa O‘zbekiston bank tizimida va horijda — Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (London, Buyuk Britaniya) hamda moliya organlarida, hususan Moliya vazirligi G‘aznachiligida rahbar lavozimlarida uzoq muddat ishlagan.