Oxirgi ikki yilda chet elga tashrif buyurgan O’zbekiston fuqarolarining soni sezilarli darajada ortdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Masalan, 2017 yilda bu ko’rsatkich 6,8 million kishini tashkil etgan bo’lsa, 2018 yilda esa 13,8 million kishini tashkil etdi. Xuddi shunday chet eldan tashrif buyuruvchilar ham ikki barobarga ortgan.

MDH davlatlariga ketgan O’zbekiston fuqarolari 13308,0 ming kishini tashkil etgan bo’lib, bu jami tashrif buyurganlarning 96,2% tahkil etadi, uzoq xorijiy davlatlarga esa 530,6 ming kishi (yoki 3,8%) tashrif buyurgan.

Chet elga ketgan fuqarolarning asosiy qismi MDH davlatlaridan Qozog’istonga 51,6% (7139,8 ming kishi), Qirg’izistonga 23,1% (3196,8 ming kishi) va Rossiyaga 8,5% (1178,7 ming kishi) tashrif buyurgan. Uzoq xorijiy davlatlardan esa Janubiy Koreyaga (79,7 ming kishi), Xitoy, AQSH, Germaniyaga tashrif buyurgan.

Fuqarolarning asosiy safar maqsadi qarindoshlarni borib ko’rish — 57,6%, sayyohlik maqsadida — 2,9%, o’qish maqsadida — 0,8%, davolanish, xizmat yuzasidan — 0,4% ni tashkil etadi.