Bosh prokuratura huzuridagi Inspeksiya organlari tomonidan suv xo‘jaligi qurilishiga oid tekshiruvlar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Mazkur yo‘nalishdagi tekshirishlarda aniqlanishicha, “O‘zsuvqurilishta'minot” respublika birlashmasi, “Davsuvmaxsuspudrat” va boshqa suv xo‘jaligi korxonalarida dalolatnomalarga soxta yozuvlar kiritilgan.

4 mlrd. 270 mln. 204 ming so‘mlik mol-mulk va mablag‘lar talon-toroj qilinib, 71 mln. so‘mlik ish haqi noqonuniy to‘langan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.