Qozog’iston benzin eksport qilishni boshlamoqda. Bu haqda Qozog’iston energetika vaziri Qanat Bozumbayev 14 fevral kuni Senatning yalpi majlisida ma’lum qildi, deb yozadi “Forbes Kazakhstan”.

Ta’kidlanishicha, bu yil 500 dan 650 ming tonnagacha benzin ortiqcha bo’ladi.

Bu profitsit joriy yilning birinchi oyidan boshlab sezildi, buning natijasida yanvar va fevral oylarida neftni qayta ishlash zavodlarida qayta ishlash hajmini biroz qisqartirdik", — deydi Qanat Bozumbayev.

Uning so’zlariga ko’ra, eksport boshlanishi birinchi chorakning oxiriga to’g’ri keladi. Kelgusida mamlakatning bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan qayta ishlash hajmlari hisobga olinishi kutilmoqda.

2019 yil boshida O’zbekiston Qozog’iston bilan benzin import qilish bo’yicha muzokaralar boshlagani ma’lum bo’ldi. Yiliga 1,2 mln tonna benzin eksport qilinishi kutilmoqda.

Spot 2018 yilda Qozog’iston O’zbekistonga benzin eksport qilishi haqida ma’lum qilgan edi. Benzin miqdori ortishi Qozog’iston yoqilg’i quyish stansiyalarining narxi o’rtacha 10 tengega kamaytirilishiga olib keldi.