Aprel oyida O‘zbekiston uy-joy bozoridagi faollik o‘sdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilgan.

Xususan, o‘tgan oyda ko‘chmas mulk bozoridagi bitimlar soni 11,2%ga oshib, savdolar 20 mingta bitimni tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha eng katta o‘sish Navoiy (24%), Sirdaryo (22,3%) va Qoraqalpog‘istonda (23,5%)da qayd etildi.

Poytaxtning uy-joy bozorida bitimlar soni oy davomida 6,5%ga oshdi.

ko'chmas mulk, uy-joy, uy-joy ijarasi

Toshkentda uy-joy ijarasi

Aprel oyida poytaxtning ijara bozori yana pasayish dinamikasini ko‘rsatdi. Xarid qilish faolligi 4,6%ga kamaydi va 1 kvadrat metr uy-joy narxi $8,3ni tashkil etdi.

Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara haqi hali ham yuqoriligicha qolmoqda. Mazkur tumanlarda har kvadrat metr uchun o‘rtacha ijara haqi — $10,4.

Nisbatan arzon ijara uy-joylar Olmazor, Sergeli va Bektemir tumanlariga to‘g‘ri keladi. Bu hududlarda o‘rtacha ijara narxi har kvadrat metr uchun $6,3ni tashkil etadi.

Shu bilan birga, o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan Toshkentda ijara bozori 6,9%ga qisqardi. Narxlar eng ko‘p pasaygan hududlar Yashnobod 11,6%, Yakkasaroy 11,1% va Shayxontohur 10,5% bo‘ldi.

Ikkilamchi uy-joy bozori

Aprel oyida ikkilamchi uy-joy narxi 0,7%ga biroz pasaydi, yillik ko‘rsatkichlarda esa bu 11,6%ga oshdi.

Eng yuqori o‘sish qayd etilgan hududlar Toshkent (23,6%), Buxoro (21,3%) va Xorazm (20,5%) viloyatlari bo‘ldi.

Poytaxtda ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘sishi tezlashdi. Mart oyida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi atigi 0,2%ga oshgan bo‘lsa, aprelga kelib mos ravishda 1,1%ga oshgan.

ko'chmas mulk, uy-joy, uy-joy ijarasi

Narx o‘sishining eng yuqori sur’atlari Bektemir — 3,8%, Yakkasaroy — 3,6% va Chilonzor — 3,1% tumanlarida qayd etildi.

Umuman, yil davomida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi qariyb 13%ga oshdi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mart oyida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan uylar ijara narxlari o‘rtacha 0,61%ga, to‘liq ta’mirlanganlariniki esa 0,76%ga tushganini qayd etgandi.