“O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkentdan Samarqandga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi elektropoyezd joriy yilning 17, 18, 19-may kunlari harakatlanadi.

Poyezd qatnovi quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

775-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi

  • Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

776-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi

  • Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari hamda havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.

Kompaniya joriy yilning 3, 4, 5-may hamda 10, 11, 12-may kunlari mazkur yo‘nalishda qo‘shimcha qatnovlarni amalga oshirgandi.

15-maydan poyaxtdan Qarshi, Buxoro hamda Samarqandga harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari chipta narxi oshirilmoqda.

Ekonom-klass 20%, biznes-klass 30% va VIP klass 40%ga oshiriladi. Bu mazkur elektropoyezdlar uchun ikkinchi marotaba narx belgilanishi bo‘lib, o‘tgan yilning noyabridan chiptalar narxi 60%dan yuqoriroqqa oshirilgandi.