Joriy yilning yanvarida O’zbekistonda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi ortdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Joriy yilning yanvar oyida O’zbekistonda 17,4 ming yengil avtomobillari ishlab chiqarildi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 38,8% ga ko’pdir.
Ma’lumotlarga ko’ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham ortib, 367 tani tashkil etdi. O’tgan yilning mos davrida esa 177 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.
O’zbekistonda joriy yil yanvarda 74 avtobus ishlab chiqarildi, bu esa 2018 yilning mos davriga nisbatan 1,9 m. ko’pdir.
shuningdek, ishlab chiqarish sanoatida o’tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda dizel yoqilg’isi — 14,2%, porshenli dvigatellarni ishga tushirish uchun qo’rg’oshinli akkumulyatorlar — 3,0%, yurguzuvchi g’ildiraklar, ularning qismlari va jihozlari — 74,4%, radiatorlar, shovqin so’ndirgichlar va chiqarish quvurlari, ulovchi mexanizmlar, ril chambaraklari, rul kolonkalari va rul mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari — 22,3% ga oshdi.