Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilda tadbirkorlik subyektlarida oʻtkazilgan 308 ta xronometraj koʻzdan kechirish tadbirlari davomida bir kunlik tushum bir xafta oldingi mos davrdagi tushumga nisbatan 569 mln. 492 ming soʻmga oshganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, 279 nafar fuqaro norasmiy faoliyat olib borayotgani maʼlum boʻlgan, deb xabar beradi Davlat soliq qo’mitasi matbuot xizmati.

Shoʻrchi tumanida faoliyat koʻrsatib kelayotgan 7 ta tadbirkorlik subyektlarida oʻtkazilgan xronometraj koʻzdan kechirish tadbirlari natijasida kunlik tushum oʻtgan haftaning mos davridagi tushumga nisbatan 40 mln. 440 ming soʻmga oshgan.

Shuningdek, mazkur tadbirkorlik subyektlarida jami 14 nafar ishchi-xodim norasmiy tarzda faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlangan.

Misol tariqasida keltirilishicha, ushbu tumanda faoliyat koʻrsatib kelayotgan “Zaxro Kamola” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida oʻtkazilgan xronometraj koʻzdan kechirish tadbiri davomida uch kunlik tushum oʻtgan haftaning mos kunlaridagi tushumga nisbatan 17 mln. 787 ming soʻmga yoki 5 barobarga oshgan.