Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan transport vositalarini majburiy tarzda texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2019 yil 1 iyungacha majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladigan transport vositalarining yagona elektron bazasi shakllantiriladi.

1 iyulga qadar belgilangan muddatda majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarini boshqarganlik holatlarini “Ma'muriy amaliyot” tizimida avtomatlashtirilgan tarzda qayd etish mexanizmi joriy etiladi.

Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari har yili 10 noyabrgacha texnik ko‘rikka taqdim etilmagan transportlarni ro‘yxatini tuzadi.

20 noyabrga qadar tyexnik ko‘rikka taqdim etilmagan transport egalariga bildirishnomalar yuboriladi.