Prezident “Shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hujjatni imzoladi, xabar beradi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.
Qaror shisha tola va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqishga xorijiy investitsiya va zamonaviy nano-texnologiyalarni keng jalb qilish maqsadida qabul qilingan.
Qayd etilishicha, bugungi kunda “Deutsche Kabel AG Taschkent” qo‘shma korxonasi (Germaniya) tomonidan shisha tola, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalarnii ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.
Qo‘shma korxona loyihalarni (13 ming tonna shisha tola, 3 ming tonna shisha tola buyumlari va 40 ming kVt energiya tejashning zamonaviy tizimlar) 21,4 mln yevro to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda amalga oshiradi hamda mazkur loyihalarni samarali amalga oshirish uchun “Falk Porsche Fiberglass” MJCH tashkil etilgan.
Qaror bilan “Falk Porsche Fiberglass” MJCHga qator soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi.
11 aprel 2019, 17:01
Energetika
O’zbekistonda energiya tejash tizimlarini ishlab chiqishga nano-texnologiyalar jalb qilinadi
“Deutsche Kabel AG Taschkent” qo‘shma korxonasi (Germaniya) tomonidan shisha tola, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalarnii ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.

Foto: "РБК"
«Spot»
- 881
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 14:26 Biznes
Hafta yakuni: Parijda o‘g‘irlangan bankir, go‘sht narxini pasaytirish choralari hamda aholi roziligisiz kreditga undirilayotgan ijtimoiy nafaqalar
Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.
5 iyul 2025, 17:49 Biznes
“Xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuqori soliq yuki biznesni soyaga tortmoqda” — Sherzod Qudbiyev
Soliq qo‘mitasi raisi soliq yukini kamaytirish tarafdori ekanligini bildirdi. U “yaqin kunlarda” o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qildi.
5 iyul 2025, 17:16 Iqtisodiyot
Samarqand qog‘ozi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
Bundan oldin Xorazm tuxum baragi, Andijon do‘ppisi hamda So‘qoq somsasi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandi.
5 iyul 2025, 16:56 Biznes
Soliq qo‘mitasi Lactalis’ga nisbatan noto‘g‘ri qo‘llanilgan 5,4 mlrd so‘mlik jarimani bekor qildi
Majburiy markirovka qoidalarini buzish holati qonuniy asosda isbotlanmasdan Soliq kodeksining 227−1-moddasi bilan kompaniyaga jarima belgilangan. O‘rganishlar bu noto‘g‘ri qo‘llanilganini ko‘rsatdi.
5 iyul 2025, 13:06 Biznes
O‘zbekiston Transmashxolding bilan harakat tarkibini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Bahorda Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi xorijiy kompaniyaga ishonchli boshqaruvga berilgandi.
5 iyul 2025, 10:28 Biznes
Besh oyda O‘zbekiston avtomobil importi tarkibida elektromobillar yarmidan ko‘pini egalladi
May oyida mamlakatga olib kelingan avtomobillarning qariyb 95%i Xitoyda ishlab chiqarilgan.
4 iyul 2025, 21:03 Iqtisodiyot
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Haftaning shanba va yakshanba kunlari jami 18 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalari amalga oshiriladi.
4 iyul 2025, 20:45 Energetika
“Qishga tayyorgarlik va issiq vaqtdagi avariyalar” — HET elektr energiyasidagi uzilishlar haqida
Davlat kompaniyasi e’tirozlardan keyin rejaviy o‘chishlar haqida fuqarolarni xabardor qilishni yanada kuchaytirishga va’da berdi.