Xitoyning Vivo kompaniyasi Vivo X27 Pro smartfonini taqdim etdi. Bu haqda “Gizchina” xabar berdi.
Qurilmada barmoq izlari skaneri o’rnatilgan 6,7 dyuymli Super AMOLED ekrani mavjud. Asosiy kamera uchtalik: 48 Mp (Sony IMX586), 13-megapikselli keng burchakli obyektiv va 2 megapikselli chuqurlik sensori. Siljiydigan 32 Mp old kamera Led — yorug’ligi bilan jihozlangan.
Smartfonda 8-yadroli Qualcomm Snapdragon 710 protsessori, 8 Gb operativ, 256 Gb ichki xotira, 4000 mAh batareya va Funtouch OS 9 qobig’i ostida ishlaydigan Android 9 Pie o’rnatilgan.
Vivo X27 Pro 18 aprel kuni sotuvga 595 $ narx bilan chiqariladi. Ikki gradient rang mavjud: qora va oq.
Ilgari Spot 32 megapikselli siljiydigan old kameraga ega Vivo V15 smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.