Yagona umumrespublika protsessing markazining (YAUPM) statistik ma’lumotlariga ko’ra, joriy yilning 1-choragida elektron kommersiya orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 73,8 mln. ni tashkil etdi.

Bu 2018 yilgi 72,1 mln.lik holatiga nisbatan 1,69 mln. so‘m farq bilan 2,3% lik o‘sishni qayd etdi.

2019 yilning 1-choragida elektron kommersiya bo‘yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarning jami miqdori 2 516 316 mln. so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2018 yilning 4-chorakida qayd etilgan 2 017 000 mln. so‘mga nisbatan 499,3 mlrd. so‘m farq bilan 24,8% lik o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 1-choragida POS-terminallar orqali amalga oshirilgan umumiy tranzaksiyalar soni 131,9 mln. tani, miqdorda esa 15 166 740 mln. so‘mni tashkil etdi.

Ushbu chorakda ATM (bankomat) qurilmalari orqali o‘tkazilgan naqd pul berish amaliyotlari soni 11,3 mln.tani, miqdori esa 5 939 327 mln. so‘mni tashkil etdi.