O’zbekiston tamaki mahsulotlarining bozori yiliga taxminan 500 million $ga baholanmoqda.

Bu haqda 30 aprel kuni “Tashkent Tobacco"ning uchinchi ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirilishi jarayoni mobaynida Qozog’iston va Markaziy Osiyo JTI bosh direktori Yevgeniy Nikolskiy ma’lum qildi, xabar beradi Spot muxbiri.

O’zbekistonda o’rtacha bir kishi kuniga 10 dona sigaret chekadi. Nikolskiyning aytishicha, bu raqam juda yuqori emas. Taqqoslash uchun, qo’shni Qozog’istonda kuniga 16 sigaretga yetadi.

Sigaret chekadigan aholining 25 dan 34 yoshgacha bo’lgan nisbati 30%ni tashkil qiladi. Chekuvchilarning asosiy qismi (70% dan yuqori) 25 yoshdan 54 yoshgacha.

Erkaklar tamaki mahsulotlarini faolroq iste’mol qiladilar — chekuvchilar umumiy sonining 90%. Shu bilan birga, aholining 70%i besh yildan vaqt mobaynida ortiq sigaret chekadi.

Bozorda joriy o’rtacha to’plam narxi 8 313 so’mni tashkil etadi va bozor deyarli past (7 500 so’mdan kam) va o’rtacha narx (7 500−11 000 so’m) segmentlari o’rtasida teng ravishda taqsimlanadi.

“Tashkent Tobacco” kompaniyasi 2015 yilda tashkil etilgan. 2017-yilda Yaponiyaning JTI kompaniyasi mahalliy kompaniyaga O’zbekistondagi Winston va LD tovarlarini ishlab chiqarish va sotish uchun uskunalar va huquqlarni taqdim etdi. Bugungi kunda korxona O’zbekistondagi jami sigaret bozorining 10,2%ini egallaydi.