Moliya vazirliginining qaroriga binoan O‘zbekiston hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga tuzatishlar kiritildi. Ular 3 oydan keyin kuchga kiradi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

O‘zbekiston hududiga olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish bitta kontrakt shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, bojxona boji va QQSdan ozod qilinadi.

2007 yil 1 apreldan boshlab mazkur imtiyozlar faqat ro‘yxatda qayd etilgan jihozlarga nisbatan qo‘llaniladi.

Qarorga muvofiq endi bir qator texnologik jixozlarga nisbatan bojxona imtiyozlari qo‘llanmaydi, xususan:

  • ichimlik suvi yoki ichimlik (sharbat)larni isitish va sovutish funksiyasiga ega quyish va tozalash avtomatlari;
  • oqar gazli suv isitkichlar va boshqa mashinalar, elektr yoki elektrsiz isiydigan sanoat yoki laboratoriya jihozlari;
  • kir quritgichlar, ichki yonuv dvigatellarida moy yoki yoqilg‘ini filtratsiya qilish uchun jihozlar va moslamalar, hamda ichki yonuv dvigatellari uchun havo filtrlari;
  • vinochilik, sidr, meva sharbatlari yoki shunga o‘xshash ichimliklarni ishlab chiqarish uchun presslar, maydalagichlar va shu kabi mashinalar ;
  • qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik, o‘rmon xo‘jaligi, parrandachilik yoki asalarichilik uchun boshqa jihozlar;
  • tamaki tayyorlash va yasash uchun uskunalar;
  • yuk ko‘tarish qobiliyati 20 tonnagacha bo‘lgan minorali kranlar (ilgari — 8 tonnagacha);
  • choy yoki qahvaga ishlov berish uchun jihozlar;

Batafsil ro’yxat bilan havola orqali tanishish mumkin.