AnTuTu aprel oyining eng samarali mobil qurilmalari to’plamini e’lon qildi.

Android-smartfonlar reytingida birinchi va ikkinchi o’rinni 3 oydan buyon 2019-yilgi Xiaomi Mi 9 Explorer Edition va Xiaomi Mi 9 egallab kelmoqda (o'rtacha 373 ming ball). Ikkala qurilma ham 7-nanometrli Snapdragon 855 protsessorida ishlaydi.

Uchinchi o’rinda 371 ming ball bilan Xiaomi’ning yana bir smartfoni — Black Shark 2 joylashdi.

Keyingi o’rinlarni 370 ming ball to’plagan Meizu 16s, 12 Gb operativ xotiraga ega Vivo IQOO Monster (363 ming ball), Samsung Galaxy S10 + va Galaxy S10 (359 va 358 ming ball) smartfonlari egalladi.

Ro’yxat bilan batafsil quyida tanishish mumkin: