Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “Uzcarlsberg” MChJning “Toshkent suv ta’minoti” UK tomonidan ortiqcha qarzdorlik hisoblanishi yuzasidan murojaatini o‘rganib chiqdi, xabar beradi qo’mita matbuot xizmati.

O‘rganish natijasida “Toshkent suv ta’minoti” UK tomonidan jamiyatga 142 mln so‘m asossiz qarzdorlik hisoblanganligi aniqlandi va Qo‘mita tomonidan ushbu holatni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Natijada “Uzcarlsberg” MChJga nisbatan ushbu noto‘g‘ri hisoblangan qarzdorlik jamiyat foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Ilgari Spot Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan formalin narxining tushirilishiga erishilgani haqida xabar bergan edi.