19-may kuni jahon “Halol” standarti bo’yicha O’zbekistondagi ilk mehmonxona qurilishiga start berildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mehmonxona Indoneziyaning “Sahid Group” kompaniyasi va “SAG” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqanddagi Imom Al-Buxoriy majmuasi hududida barpo etiladi.

Birinchi bosqichda 100 xona tashkil etish, keyingi 5 yillikda xonalar sonini 300 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Samarqandda “SAHID” boshqaruviga o’tkaziladigan Sahid Royal Palace mehmonxonasi barpo etilmoqda.

Ilgari Spot Malayziyaning “Marrybrown Sdn. Bhd.” kompaniyasi O’zbekistonda “halol” tamoyiliga asoslangan umumiy ovqatlanish tarmog’ini ochishga tayyor ekanligi haqida xabar bergan edi. Kompaniya mamlakat bo’ylab joylashgan 138 ta restoran va mamlakatdan tashqarida joylashgan 350 dan ortiq restoranlar bilan ishlaydi.

Sahid Hotels&Resorts 1994 yil 27 mayda tashkil etilgan bo’lib Indoneziya bo’ylab 29 ta mehmonxonaga ega.