Markaziy bank boshqaruvi “Tenge bank” aksiyadorlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Ilgari Spot xabar berganidek, Qozog’iston Xalq bankining boshqaruv raisi Umut Shayaxmetova avgust oyi oxirida O’zbekiston bozoriga joriy yil oxirigacha kirish rejalari haqida gapirgan edi.

Qozog’iston Xalq bankining boshqaruv kengashi 6 sentyabr kuni O’zbekistonda “Tenge Bank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etishni ma’qulladi.

Toshkent shahridagi Halyk banki “Tenge Bank” nomini oldi.