Qozog’iston Xalq bankining Boshqaruv raisi Umut Shayaxmetova avgust oyi oxirida O’zbekiston bozoriga joriy yil oxirigacha kirish rejalari haqida gapirgan edi.

Toshkent shahridagi Halyk banki “Tenge Bank” nomini oladi. Bu haqda Qozog’iston fond birjasi ma’lumotida keltirilgan.

Qozog’iston Xalq bankining Boshqaruv Kengashi 6 sentyabr kuni O’zbekistonda Tenge Bank aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etishni ma’qulladi.

Bank filiallarining ochilishi 2018 yil oxirigacha amalga oshirilishi kutilmoqda.