15−17-sentabr kunlari Fransiyaning Renn shahrida SPACE 2026 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.

Unda O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalari Made in Uzbekistan milliy stendi doirasida o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.

Ko‘rgazma doirasida Yevropa importchilari va distribyutorlari bilan O‘zbekiston mineral o‘g‘itlarini Yevropa Ittifoqi bozoriga yetkazib berishni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Natijada O‘zkimyoimpeks va Eudaira kompaniyasi o‘rtasida 2026-yil oxirigacha Fransiyaga 10 ming tonna mineral o‘g‘it yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Kelgusida O‘zbekiston mineral o‘g‘itlari eksportini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga bosqichma-bosqich $500 mln gacha yetkazish rejalashtirilmoqda.


Avvalroq Spot O‘zbekiston va Fransiya $1,8 mlrdlik oltita energetika loyihasini muhokama qilayotgani haqida yozgandi.