Markaziy bank aholi tomonidan tijorat banklarining mobil ilovalari orqali chet el valyutasi xarid qilinishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

2018 yil va 2019 yilning 4 oyi ichida jismoniy shaxslar tomonidan 1,2 mlrd $ miqdorida chet el valyutasi xarid qilingan bo‘lsa, shundan 432.3 mln $ yoki 36%i onlayn-konversiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Umuman olganda, 2018 yilning aprelidan 2019 yilning apreligacha onlayn-konversiya xizmatining jami jismoniy shaxslarga sotilgan valyutadagi har oylik ulushi 9%dan 63%gacha yetdi:


Bunda, jami xarid miqdoridagi onlayn-konversiya ulushining keskin o‘sishi asosan joriy yilning yanvar oyidan boshlab kuzatilmoqda.

Bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish hamda ularning sifati va qulayligini oshirish bo‘yicha ishlar ilg‘or xorijiy tajriba asosida Markaziy bank tomonidan kelgusida ham davom ettiriladi.