Toshkentda nemis texnologiyalari bo’yicha plastik kartalar ishlab chiqariladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida keltirilgan, xabar beradi “Norma”.

Yiliga 75 mln dona ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy zavod qurilishini Yagona umumrespublika protsessing markazi (YUPM) va “Veridos GmbH” nemis kompaniyasi amalga oshiradi.

Qurilish 2019−2020 yillarda investorning o‘z resurslari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 2022 yildan boshlab ishlab chiqarish to‘liq loyiha quvvati bilan ishga tushirilgach, kamida 100 ta ish o‘rinlari yaratiladi.

Mikroprotsessorli, kontaktsiz va boshqa plastik kartalar ishlab chiqarish uchun dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining yuqori texnologik uskunalari xarid qilinadi.

Bu 18.04.2018 yildagi PQ-3673-son qarorda nazarda tutilgan ID-kartalar, hukumat mobil aloqa tizimi va transport vositalarini hisobga olishning zamonaviy tizimlarini joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni kafolatlashi lozim.

Shuningdek, “assortiment"da nikoh tuzilganligi to‘g‘risida guvohnoma kartasi, sog‘liqni saqlash kartasi (tibbiy sug‘urta), ijtimoiy kartalar (nafaqaxo‘rlar, talabalar, kam ta’minlanganlar uchun), transport va maxsus kartalar (harbiy xizmatchilar va davlat xizmatchilari uchun) mavjud. Eksportni ishlab chiqarish umumiy hajmining 20%igacha bosqichma-bosqich yetkazish rejalashtirilmoqda.

Loyihani amalga oshirish doirasida 2020 yil 1 iyungacha bo‘lgan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish ham amalga oshiriladi, qo‘shma korxonaga 2021 yil 1 iyulga qadar soliq va bojxona imtiyozlari berildi.