24 may kuni Xiaomining sub-brendi Redmi Xitoyda Redmi 7A smartfonini taqdim etdi.

Yangi model qora va ko’k ranglardagi plastik korpusga ega bo’ldi. Qurilma 5,45 dyuymli va 18:9 nisbatli “o'yiq"larsiz IPS-displey bilan jihozlangan.

Smartfonning ishlashi uchun maksimal 2,0 GGs chastotaga ega sakkiz yadroli Snapdragon 439 protsessori javob beradi.

Redmi 7A'da 10 vattli zaryadlashni qo’llab-quvvatlaydigan 4000 mA/soat batareya va ikki SIM va 512 Gbaytgacha xotira kartalari uchun alohida “uya”, shuningdek, 2/¾ Gb operativ va 16/32/64 Gb ichki xotira mavjud.

Qurilma PDAF avtofokusi va yoritgichga ega asosiy bittalik 13 Mp kamera bilan jihozlangan, old kamera esa 8 Mp.

Smartfon haqidagi boshqa tafsilotlar, shu jumladan narxlari va sotuvlar boshlanishi sanalari 28 may kuni bo’lib o’tadigan Redmi K20 taqdimotida e’lon qilinadi.