O’zbekistonga Google Maps rahbari Jen Fitspatrik tashrif buyuradi. Bu haqda Qo‘qon shahar hokimligi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, hozirda Google xaritalari dasturi rahbari lavozimida ishlayotgan Fitspatrik, tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylar bilan tanishib, ularni Google xaritalariga kiritilishiga yordam berishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, barcha tarixiy obidalarimiz va ularga olib boradigan marshrutlarning Google xaritalariga kiritilishi Xalqaro hunarmandchilik festivali kunlari va undan keyin ham sayyohlarning Google geolokatsiya dasturi yordamida manziliga osonlik bilan yetib borishiga xizmat qiladi.

Jen Fitspatrik Magistratura bo’limini bitirgandan so’ng, startap sifatida Google’ga kirdi. U 17 yildan so’ng butun dunyo bo’ylab milliardlab odamlar foydalanadigan mahsulotni boshqarish uchun kod yozishni boshladi.

U Google’ning birinchi ayol muhandislaridan biridir va u Google Geo mahsulotlarini boshqarish va lohiyalash bo’yicha vitse-prezident hisoblanadi.