8−12 iyul kunlari ““E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 29 ta bo‘sh turgan davlat mulki obektlari, 97 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 44 ta obyekt sotildi. Bu haqda “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK PR xizmati xabar berdi.

Davlat mulki obyektlari

Boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 29 ta davlat mulki ob’ekti 10 mlrd 830 mln so‘m investitsiya kiritish, 296 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 654 mln so‘mga sotildi.

43 ta obyekt savdoga chiqarildi, 2 ta obekt realizatsiya qilindi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquq

Yer resurslari bo‘yicha 97 ta boshlang‘ich narxi 284,7 mln. so‘mlik yer uchastkalariga bo‘lgan huquq 55 mlrd 50 mln so‘mlik investitsiya kiritish va 437 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 1 mlrd 444,8 mln so‘mga sotildi. Hafta davomida jami 63 taboshlang‘ich narxi 255,6 mln so‘mlik, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, 2363 ta boshlang‘ich narxi 87 mrld 894,1 mln so‘mlik bo‘sh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 44 ta ob’ekt 5 346,5 mln so‘mga sotildi. Hafta davomida 86 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Daryo oʻzanlari tozalash huquqi

Hafta davomida jami 3 ta boshlang‘ich narxi 1 mrld 111,3 mln so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash loyihalari 3 mlrd 948,6 mln so‘mga sotildi. Hafta davomida 3 ta boshlang‘ich narxi1 mrld. 113,3 mln.so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash huquqi auksion savdolariga chiqarilgan.

Shuningdek, 31 taboshlang‘ich narxi 12 mlrd. 412 mln. so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Metall qazib olish huquqi

2 ta boshlang‘ich narxi 15 mln so‘mlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi 39,7 mln so‘mga sotildi. Hafta davomida jami 9 ta boshlang‘ich narxi 67,5 mln so‘mlik, qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, 41 ta boshlang‘ich narxi 307,5 mln so‘mlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.