Malayziya kompaniyasi Xivada yuqori tezlikdagi Wi-Fi joriy etadi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O’zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov Hadid Engineering kompaniyasi boshqaruvi raisi Soxpian Ariffin bilan muzokaralar olib bordi.

Muzokaralar davomida Xivada yuqori tezlikdagi Wi-Fi'ni joriy etish bo’yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish to’g’risida kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakuni bo’yicha sentyabr oyida Xorazm viloyatida kompaniya vakolatxonasining rasmiy ochilish marosimini o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi.

Bundan tashqari, Hadid Engineering kompaniyasining to’g’ridan-to'g'ri investitsiyalarini jalb qilish orqali O’zbekistonning boshqa hududlarida ham loyihani yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Malayziyaning Hadid Engineering kompaniyasi muhandislik va telekommunikatsiya xizmatlari, yirik turar-joy, savdo va sanoat obyektlarini, hamda neft-gaz va neft-kimyo sanoati, shuningdek, energetika sanoati kabi yo’nalishlarda faoliyat olib boradi.