Londonda joylashgan Xalqaro qahva tashkiloti (ICO) aprel oyidagi hisobotida aytilishicha, Robusta qahvasining narxi 1979-yilning iyulidan beri 45 yillik eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu haqda “Forbes Russia” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aprel oyida ulgurji narxlar bir funt uchun o‘rtacha $1,94ni (taxminan $0,88) tashkil etdi, ko‘rsatkich mart oyiga nisbatan deyarli 17%ga oshgan.

Narx oshishining sababi, dunyodagi eng yirik robusta ishlab chiqaruvchi Vetnam o‘tgan mavsumda va bu yilgi hosilning yomonligidan keyin ta’minot qiyinchiliklariga duch kelmoqda.

“Bloomberg"ning ta’kidlashicha, bu muammolar sug‘orish uchun suv zaxiralarini kamaytiruvchi va 2024-yilda yaxshi hosil olish istiqbollarini kamaytiradigan issiqlik tufayli yanada kuchayishi mumkin.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi olti oyning beshtasida London birjasida Robusta fyucherslari ko‘tarilgan.

“Bloomberg” ta’kidlashicha, Vetnamning qahva kamari shu oydayoq qurg‘oqchilikdan tiklanishni boshlashi mumkin.

Bundan tashqari, kofening boshqa turi — Arabica uchun mo‘l-ko‘l zaxiralar narxlarning o‘sishini yumshatishga yordam beradi.

Aprel oyi boshida Robusta qahvasining birja narxlari so‘nggi 16 yildagi eng yuqori darajaga yetgandi.

Bunga Vetnamda issiq ob-havo tufayli hosilga zarar yetkazilishi sababli tanqislik kuzatilgani sabab bo‘lgan.

3-aprel kuni 24-may kuni yetkazib beriladigan qahva fyucherslari Londondagi “ICE” birjasida 4,8%ga oshib, 2008-yildan beri rekord darajada bir metrik tonna uchun $3838ni tashkil qildi.

Yakuniy savdolarda auksion bir tonna uchun $3812ga yakunlandi. 4-aprel kuni Robusta qahvasi narxi oshishida davom etdi, narxi bir tonna uchun $3847ga yetdi.