O’zbekistonda Metall buyumlarni quyish sexini ishga tushiriladi. Bu haqda prezident qarorida keltirilgan.

Qarorga binoan loyihani amalga oshirishga xorijiy tijorat banklari kredit liniyalari jalb qilinadi.

“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ ikki oy muddatda mazkur loyihaning texnik iqtisodiy asoslari yetakchi loyiha institutlari va injiniring kompaniyalarini jalb qilgan holda ishlab chiqilishini ta’minlaydi.

Sexni 2020 yil oktyabr oyiga qadar foydalanishga topshirilish ko’zda tutilmoqda.

Shuningdek, qaror bilan qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi joriy etiladi:

  • 2019−2021 yillarda qishloq xo‘jaligi korxonalari mahalliylashtirish darajasi 20%dan kam bo‘lmagan respublikada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari xarid qilganida texnika narxining 15%i miqdorida subsidiya berish;
  • kombaynlarni xorijda xizmat ko‘rsatish uchun tashish transport xarajatlarining 80%ini kompensatsiya qilish.