Toshkent shahar hokimligida tasdiqlangan 2019 yil 9 avgustdagi 09-TG-2019-sonli deklaratsiyaga muvofiq Toshkent shahri bo‘yicha yangi tariflar amalda foydalanishga kiritilgan. Bu haqda “Suvsoz” DUK ma’lum qildi.

24 avgustdan amal qiladigan tariflar:

  • Suv ta’minoti bo‘yicha — 1 m3 uchun 310 so‘m QQSsiz
  • Oqava suv bo‘yicha — 1 m3 uchun 250 so‘m QQSsiz

Toshkent shahar hokimining 2019 yil 2 apreldagi 499-son qaroriga asosan Toshkent shahri iste’molchilari uchun Toshkent shahar hokimining 2018 yil 12 yanvardagi 69-son qarori bilan belgilangan 100 so‘m m3 miqdoridagi maxsus ustama haq miqdori 2019 yildan amal qilinishi uzaytirilgan, oqava suv (kanalizatsiya) xizmatlari uchun maxsus ustama haq miqdori 100 so‘m m3 etib belgilangan.