15 avgustdan “Toshkent-Chimboy” yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi, xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Avtobuslar Nukus shahri orqali harakatlanadi.

Toshkent avtovokzalidan avtobus soat 08:00 da jo‘nab ketadi. Chimboydan esa 08:20 da Toshkent tomon yo‘lga chiqiladi.

Mazkur yo‘nalish masofasi 1216,3 km.ni tashkil etadi.

Chipta narxi 124 000 so‘m etib belgilangan. Nukus shahrigacha esa 118 000 so‘mni tashkil etadi.