2019-yil yanvar-iyul oyida eksport hajmi 5,2 mlrd. $ga (o`sish sur`ati 14,3%) teng bo`ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Joriy yilning yanvar-fevral oyida 1,2 mlrd $lik oltin eksport qilingan bo‘lsa, uch oy davomida oltin eksporti amalga oshirilmadi.

Iyun oyida eksport qilingan oltin miqdori 2 mlrd $ga yetdi.

Yanvar-iyul oyida O‘zbekiston 10,8 mlrd $lik mahsulotlar eksport qilgan bo‘lsa, bundan 3,4 mlrd $ oltin hissasiga to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilning shu davrida esa mamlakat 1,5 mlrd $lik oltin eksport qilgan, 2017 yilda esa bu ko‘rsatkich 16 mlrd $ni tashkil etgan.

O’zbekiston 2019 yil 80 tonna oltin eksport qilishi kutilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilgi oltin savdosi 2,9 mlrd. $ni tashkil qildi. O‘zbekiston oltini asosan Shvetsariyaga eksport qilingan.

Fevral oyida O’zbekiston zaxiradagi oltin ulushini asta-sekin kamaytirishni va unga AQSh qimmatli qog‘ozlarini qo‘shishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ilgari Spot Markaziy bank mamlakat rezervlarini diversifikatsiya qilgan holda AQSh va Xitoyning suveren qarzini sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.