2019-yil yanvar-fevral oyida eksport hajmi 3 mlrd. $ga (o`sish sur`ati 20,4%) teng bo`ldi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Yanvar-fevral oyida O‘zbekiston 3 milliard $lik mahsulotlar eksport qilgan bo’lsa, bundan 1,2 mlrd $ oltin hissasiga to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilda ham shunday holat kuzatilgandi, yanvar-fevral oyida mamlakat 1,2 mlrd $lik oltin eksport qilingan.

Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 1,8 mlrd $ni tashkil etib, 45,3% ga o’sdi.

Eksport tarkibida tovarlar 86,6% ulushga ega bo`lib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (16,0%), to’qimachilik va to’qimachilik buyumlari (7,5%), oziq-ovqat mahsulotlari (4,2%), shuningdek, qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (1,4%), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (4,6%) guruhlari hissasiga tog`ri kelmoqda.