O’zbekiston 2019 yil 80 tonna oltin eksport qilishi kutilmoqda. 2016−2018 yillar davomida 220 tonna oltin eksport qilindi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2018 yilgi oltin savdosi 2,9 mlrd. $ni tashkil qildi. O’zbekiston oltini asosan Shvetsariyaga eksport qilingan.

2019-yil yanvar-fevral oyida esa eksport hajmi 3 mlrd. $ga teng bo`lsa, shundan 1,2 mlrd $ oltin eksporti hissasiga to’g’ri keladi.

Oltin qiymatining oshishi (jami eksport xajmining 25,5%) uning o‘rtacha yillik narxining o‘sishi evaziga sodir bo‘ldi.