Hukumat inflyatsiya va devalvatsiyani sun’iy ravishda to‘sib qo‘ymasligi, balki uning ta’sirini yumshatadigan shart-sharoitlarni yaratishi kerak, dedi 20 avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov.

Hukumat milliy valyutaning devalvatsiyasi nuqtai nazaridan davlat banklariga aksiyadorlar sifatida qarz oluvchilarni — xorijiy valyutada kredit olgan xususiy sektor vakillarini o‘rganishni tavsiya qilishni rejalashtirmoqda.

“Agar banklar devalvatsiya darajasi ularning kreditlarni to‘lash imkoniyatiga ta’sir qilayotganini ko‘rishsa, 2017 yildagidek ularga peshvoz chiqishni, talablarni yumshatishni va to‘lash muddatini ko‘rib chiqishni maslahat beramiz. Albatta, bu ommaviy emas, balki individual yondashuv bo‘ladi. Normal ishlash va bank o‘z kreditlarini qaytarib olishi uchun biznesga oz bo‘lsa-da yonbosgan ma’qul “, — dedi Timur Ishmetov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, banklar ham bunga qiziqish bildirmoqdalar, chunki ular kreditlar bo‘yicha defoltdan foyda ko‘rmaydilar.

Moliya vaziri o‘rinbosari, shuningdek, ushbu devalvatsiyaning oldini olish uchun hukumat bir necha yil davomida valyuta kurslarining o‘sishini ushlab turish orqali alomatlar (devalvatsiya ko‘rsatkichlari, inflyatsiya)ni yashirishga urinmasligi kerakligini qo‘shimcha qildi. Ishmetovning so‘zlariga ko‘ra, bunday chora qisqa muddatli samara berishi mumkin, ammo salbiy ta’sir ko‘proq bo‘ladi.

“Biz ko‘rsatkichlarni o‘zgartirishga harakat qilgandan ko‘ra, yumshatish sharoitlarini taklif qilishimiz va omillar (kurs o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi) ustida ishlashimiz kerak”, — dedi u.

Bundan tashqari, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov yetti oy ichida milliy kursning 12%lik devalvatsiyasi “hozirgi vaziyatdagi normal daraja” ekanligini qayd etdi.