UzAuto Motors kompaniyasi Rossiya bozoriga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda kompaniya ma’lumotlarida keltirilgan.

Ayni damda UzAvto Motors SNG distribyutorlik kompaniyasi avtomobillar savdosini jadal yo‘lga qo‘yish borasida Rossiyaning dilerlik korxonalari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Dastlabki R2 (Chevrolet Spark), R3 (Chevrolet Nexia3) va R4 (Chevrolet Cobalt) modellari Rossiya bozoriga avgust oyining oxiri va sentyabr oyining boshida yetkaziladi. Savdo sentyabr oyidan boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Ravon avtomobillari so‘nggi marta Rossiyada 2018 yilning may oyida sotilgan.

Avtomobillar yetishmovchili Rossiya bozorida narxlarning qaytadan ko‘rib chiqilishi va kompaniya biznes modeli o‘zgarishi tufayli yuzaga keldi.