Rossiyada Ravon avtomobillarining yetishmovchiligi yoz davomida kompaniya bitta dona bo’lsa ham avtomobil sotmasligiga olib keldi. Yevropa biznesi uyushmasi ma’lumotlari (Spot'da bor) bundan dalolat beradi.

So’nggi marta kompaniya tomonidan may oyida 508 dona avtomobil sotildi.

Tanqislikning kamida ikki sababi bor — Rossiya bozoridagi narxlarni qaytadan ko’rib chiqilishi va kompaniyaning biznes modeli o’zgarishi:

“Rossiya va O’zbekiston milliy valyutasining o’zgarishi, shuningdek RF utilizatsion yig’imlarining stavkalari oshishi narxlarning qayta ko’rib chiqilishiga sabab bo’ldi. Biznes modelining o’zgarishi yangilangan modellarga sabab bo’ldi va Ravon brendining rivojlanishi bilan davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Administratorlar Ravon brendining Rossiyadagi uyushmasi rasmiy saytidagi “Avtomobillar qani?” va “Ular qachon sotuvga qo’yiladi?” degan savollarga aniq javob bermasdan kutishni va yangilashni kuzatib borishni taklif qilmoqdalar.

Ilgari Spot GM Uzbekistan noyabr oyida avtomobil olish uchun 29314 dona shartnomalar mavjudligi haqida ma’lumot bergani haqida yozgan edi.