2018 yilning noyabr oyi uchun shartnomalar ochiq “GM Uzbekistan” AJ sentabr oyida shartnoma tuzadigan xaridorlarga noyabr oyida avtomobil olish uchun 29314 dona shartnomalar mavjudligini ma’lum qildi.

Shundan — 3 523 dona “Damas”, 680 dona “Labo”, 108 dona “Matiz”, 2 145 dona “Spark”, 7 889 dona “Neksiya”, 8 173 dona “Kobalt”, 5 522 dona “Lasetti”, 996 dona “Malibu”, 278 dona “Kaptiva”.

Xabarga ko‘ra, har bir mijoz “GM Uzbekistan” AJ saytidagi havola orqali kunlik tuzilgan shartnomalar ro‘yxatini tekshirib borishi, shuningdek avtosalonlarda shartnoma tuzish uchun mavjud avtomobillar ro‘yxati bilan modellar va dilerlik korxonalar kesimida tanishib borishi mumkin.

Saytdagi barcha ma’lumotlar kunlik tarzda yangilanib boriladi va kelasi kunning soat 09:00 gacha faol sanaladi. Dilerlik korxonalarida mavjud avtomobillar kun davomida shartnoma tuzilgan avtomobillarga qarab o‘zgarib borishi mumkin.

Ilgari Spot GM Uzbekistan “Spark” avtomobilini ishlab chiqarish hajmini oshirayotganligi haqida yozgan edi.